Sifatsiz dori vositalari va tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Sifatsiz dori vositalari va tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Namanganda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan yo‘q qilish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosi amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.

Jumladan, “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, mamlakatimiz hududiga noqonuniy, yashirin yo‘llar bilan kirib kelgan, umumiy qiymati 626,9 million so‘mlik, 39 turdagi dori vositalari yo‘q qilindi.

Tadbirda Byuroning Namangan shahar bo‘limi, Bojxona, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati omborxonasida saqlanayotgan, jinoiy ish materiallari bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida qayd etilgan 14 ming 405 dona sistema va dori-darmon hamda tibbiy vosita sifati kafolatlanmagani uchun kuydirish pechida yoqildi.

Shuningdek, MIB Yangi Namangan tuman bo‘limi ish yurituvidagi yo‘q qilish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan galdagi majburiy ijro harakatlari davomida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan tamaki mahsulotlari keng jamoatchilik ishtirokida yo‘q qilindi. Darvoqe, viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aylanma yo‘llar orqali kirib kelgan va muomalaga chek qo‘yilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan “Milano”, “Esse” nomli 13 ming 579 quti, qiymati 108,7 million so‘mlik tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Tadbir davomida keng jamoatchilik vakillari guvohligida maxsus pechlarda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Umuman olganda, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida to‘rtta holatda umumiy qiymati 222,6 million so‘mlik 28 ming 559 quti tamaki mahsulotlari belgilangan tartibda yo‘q qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!