Kurgan viloyatida suv toshqini oqibatida mingdan ortiq uy zarar ko‘rdi

Kurgan viloyatida suv toshqini oqibatida mingdan ortiq uy zarar ko‘rdi

Rossiya Federasiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin Kurgan viloyatidagi suv toshqini zonalarini ko‘zdan kechirdi.

Toshqin boshlanganidan buyon viloyatda jami mingdan ortiq uy zarar ko‘rgan, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Ketovskiy munisipal okrugida 939 ta uy suv ostida qolgan, deb xabar beradi tass.ru.

Suv toshqini oqibatida turar-joylarga yetkazilgan zararni aniqlash komissiyasi viloyatdagi 33 xonadonni o‘rganib chiqdi. Bu ishga jalb etilgan mutaxassislar soni zaruratga qarab oshiriladi, deya qo‘shimcha qildi vazirlik.

Fayzullinning ta’kidlashicha, “har kim o‘z uyiga qaytishi uchun uy-joyni tiklash bo‘yicha ishlarni tez tashkil etish” kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!