Yangi rekord: Tramp 800 kunda nechta yolg‘on ishlatganini bilasizmi?

Yangi rekord: Tramp 800 kunda nechta yolg‘on ishlatganini bilasizmi?

AQSh OAV bergan ma’lmotga ko‘ra, mamlakatning amaldagi prezidenti Donald Tramp prezidentlikka saylanganidan, ya’ni 800 kundan beri 9 ming 451 ta yolg‘on ishlatgan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bergan.

CNN kanali ma’lumot berishicha, Trampning muntazam ravishda yolg‘on ma’lumotlar berish odati bor. Ayniqsa, bu odat oxirgi 200 kundan beri cho‘qqisiga chiqqan. Solishtirish uchun Tramp prezidentlikka saylanganining dastlabki yilida kuniga o‘rtacha 5,9 ta yolg‘on bayonot bergan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 4 barobarga oshib 22 taga yetgan.

AQShning The Washington post gazetasi yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. Gazetada: Tramp 2018 yilda minglab yolg‘on bayonotlarni berdi. Ular bir kunda o‘rtacha 15 tadan to‘g‘ri keladi , deb yoziladi.

Tahlilchilarning fikricha, Tramp Amerika tarixidagi eng yolg‘onchi prezidentdir. U mazkur odati tufayli 2020 yildagi saylovlarda eng kam ovoz oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!