Yana bir davlat koronavirusni aniqlashda itlardan foydalanmoqda

Yana bir davlat koronavirusni aniqlashda itlardan foydalanmoqda

23 sentyabrdan Xelsinki aeroportida yo‘lovchilarning hidiga qarab unda koronavirus infeksiyasi bor yoki yo‘qligini aniqlaydigan itlarning maxsus guruhi ish boshladi.

Yil oxirigacha davom etadigan pilot loyihada 16 ta it ishtirok etadi. Koronavirus tekshiruvidan o‘tadigan yo‘lovchilar bo‘yinlariga ro‘molcha bog‘lashlari kerak, shundan so‘ng ushbu namuna itga hidlatiladi. Agar it yuqumli kasallikni sezsa, yo‘lovchi aeroportdagi tibbiyot xonasida laboratoriya tekshiruvidan o‘tishga taklif qilinadi.

Hozircha jarayon ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, ammo tez orada itlar tomonidan koronavirusda gumon qilingan barcha yo‘lovchilar laboratoriya tekshiruvidan o‘tishlari kerak.

Finlyandiya hukumati, loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, kirishga qo‘yilgan cheklovlarni tez orada - barcha xalqaro aeroportlar va chegara punktlari o‘qitilgan itlarni qabul qilgandan keyin bekor qilishi mumkin. Rasmiylar buning uchun 700 ga yaqin jonivor kerakligini taxmin qilmoqda. Yana 300 ta itning mavjudligi mamlakatga ommaviy tadbirlar: yarmarkalar, konsertlar, sport musobaqalarini qayta o‘tkaza boshlashga imkon beradi.

Xelsinki aeroporti koronavirus bilan kasallanganlarni aniqlash uchun itlardan foydalanadigan dunyodagi birinchi aeroport emas. Avgust o‘rtalarida Dubay aeroportida maxsus bo‘lim paydo bo‘ldi. Dastlabki mashg‘ulotlar paytida, xabar qilinishicha, itlar 92% hollarda koronavirus holatlarini to‘g‘ri aniqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!