XXR raisi: "Xitoyda koronavirus tarqalishi tezlashgan..."

XXR raisi: "Xitoyda koronavirus tarqalishi tezlashgan..."

Xitoyda xavfli koronavirus infeksiyasining tarqalish sur’ati tezlashdi, deb ma’lum qildi XXR raisi Si Szinpin.

"Biz xavfli vaziyatga duch keldik, yangi koronavirusning tarqalishi tezlashmoqda. Biroq hozir biz jamoat sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy favqulodda inqirozga duch keldik", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Xitoy OAV.

Si Szinpin bunday bayonotni koronavirusga qarshi kurash choralariga bag‘ishlangan siyosiy byuroning yig‘ilishidan so‘ng bergan.

Global Times nashrining yozishicha, Xitoyda aholini yangi koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar 1 mlrddan ortiq kishini qamrab oladi. Uning ma’lumot berishicha, 25 provinsiya va munisipalitetda xavfning eng yuqori darajasi e’lon qilingan.

Xitoydan tashqari, Janubiya Koreya, Yaponiya, Tayland, Avstraliya, Fransiya, Malayziya, AQSH, Vyetnam va Singapurda virus yuqtirish holati aniqlangan.

24 yanvar kuni kechqurun Fransiya hukumati ikki kishini vurisni yuqtirib olganini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!