Xorijiy OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Xorijiy OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.K. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni 3 200 AQSh dollari evaziga Toshkent shahridagi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!