Xitoylik qiz ajabtovur xastalikka chalindi: u faqat erkaklarni eshitmayapti

Xitoylik qiz ajabtovur xastalikka chalindi: u faqat erkaklarni eshitmayapti

Xiyotlik qiz Chen bir kuni ertalab uyqudan uyg‘ondi-yu, hayratda qoldi. U sevikli insonining ovozini eshitmayotgan edi. Uyquga to‘ymagan bo‘lsam kerak , deya yana dam olishga harakat qilgan qiz bir soatdan keyin turib ham ahvoli o‘zgarmaganini bildi. Kasal bo‘lib qolgan bo‘lsam kerak , deya shifokorga murojaat qilmadi. Ammo ahvoli o‘zgarmagach, ikki kun o‘tib kasalxonaga borishga ahd qildi.

Shifoxonada esa unga kamyob uchraydigan tugouxost xastaligi tashxisi qo‘yildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu kasallika har 13 ming kishidan biri chalinar ekan. Kasallikning o‘ziga xos xususiyati shundaki, inson past chastotalarni eshita olmaydi.

Qizig‘i, Chen ayol shifokorning ovozini yaxshigina eshitar, ammo erkaklarning ovozini umuman eshitmasdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tugouxost xastaligi qattiq stressga tushganda yoki yaxshi uxlamagan paytda yuzaga kelishi mumkin. Qizning kasallikka moyilligi ota-onadan yoki bobo-buvilaridan o‘tganligi taxmin qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!