Xitoylik kung-fu ustasi 1 qulog‘ida 2 ta mashinani tortdi

Xitoylik kung-fu ustasi 1 qulog‘ida 2 ta mashinani tortdi

Xitoyning Henan provinsiyasi Shansyu provinsiyasida kung-fu ustasi Yan Deyun 1 qulog‘iga qotirilgan temir zanjirlar yordamida 2 ta yengil mashinani o‘rnidan qo‘g‘zatdi, deydi "to'g'ri.uz".

Bir necha qadam oldinga siljidi

Newsflare saytida e’lon qilingan videoda ushbu tryuk ko‘rsatilishidan oldin ikkita yengil avtomobil bir-biriga zanjir yordamida ulanganini ko‘rish mumkin. Yan Deyun esa mashinalar ulangan zanjirni o‘ng qulog‘iga ulagan holda bir necha qadam oldinga siljishga muvaffaq bo‘ladi.

10 ta Audi’ni “tortgan”

Sportchining so‘zlariga qaraganda, bu uning uchun chegara emas va o‘zining ta’kidlashicha, avvalroq u 10 ta Audi’ni bir qulog‘ida “o‘rnidan qo‘zg‘atgan”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!