Xitoyda neft importi bilan shug‘ullanuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalar guruhi tashkil qilinadi

Xitoyda neft importi bilan shug‘ullanuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalar guruhi tashkil qilinadi

Tashkil qilinadigan guruh tarkibidan China Petroleum & Chemical Corp., Sinochem, PetroChina va China National Offshore Oil Corporation (CNOOC) kabi Xitoyning yirik kompaniyalari o‘rin oladi.

Muzokaralarda kuniga jami 5 million barrel neft import qiluvchi kompaniyalar vakillari qatnashmoqda. Ta’kidlashicha, ushbu kompaniyalarning xarid siyosati masalasida birlashishi dunyodagi eng yirik neft importchisining tashkil qilinishiga olib keladi. Bu bitim yuqoridagi kompaniyalarga o‘zaro narxlar urushining oldini olish va yetkazib beruvchilar taklif etgan narxga ta’sir qilish imkoniyatini beradi.

Qayd etilishicha, ilk bosqichda guruh a’zolari Rossiya va Afrika neft qazib oluvchilaridan mahsulot sotib olishni rejalashtirmoqda. Dastlabki birgalikdagi buyurtma 2020 yilning iyul oyida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Xitoy neftni qayta ishlash zavodlarining import bo‘yicha ittifoq tuzishga urinishining asosiy sababi koronavirus epidemiyasi keltirib chiqargan inqirozdan so‘ng narxlarning ko‘tarilib ketishi ekanligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2003 yilda Xitoyning po‘lat kompaniyalari chet elda mis konsentratini sotib olish bo‘yicha ittifoq tuzgan. Hozir CSPT deb nomlanuvchi guruhga o‘ndan ortiq kompaniyalar qo‘shilgan. Ular orqali Xitoyga keltirilgan barcha mis xom ashyosining qariyb 80 foizi sotib olinadi.

Avvalroq koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini sabab neft narxi tushgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni iyun oyida neft qazib olish hajmini million barrelga qisqartirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!