Xito​yda virtual boshlovchi ilk dasturni taqdim etdi

Xito​yda virtual boshlovchi ilk dasturni taqdim etdi

"Sinxua" Xitoy hukumati rasmiy axborot agentligi sun’iy intellekt asosida ishlaydigan va matnlarni mustaqil o‘qiy oladigan virtual teleboshlovchini namoyish etdi, deb xabar bermoqda "Darakchi"

"Sizga sun’iy intellektga asoslangan ingliz tilida so‘zlovchi boshlovchi o‘z salomini yo‘llaydi. Men sizlarni yangiliklar bilan muntazam xabardor qilib turaman. Matnlar mening tizimimga doimiy ravishda yuklab boriladi", - dedi intellektual boshlovchi.

Sun’iy intellekt xitoyliklarning ovozi, lab harakatini va yuz ifodalarini o‘xshata oladi. Ta’kidlanishicha, virtual diktor har kuni 24 sota to‘xtovsiz ishlay oladi, bu esa yangiliklarning tezkor va uzluksizligini ta’minlaydi. Shuningdek, yangiliklarni turli tillarda va xatosiz yetkazib berish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, ushbu texnologiya favqulodda axborot tarqatish kerak bo‘lgan hollarda juda foydali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!