Xiaomi’ning eng romsiz smartfoni – Mi Mix 3 taqdimot kuni fosh bo‘ldi!

Xiaomi’ning eng romsiz smartfoni – Mi Mix 3 taqdimot kuni fosh bo‘ldi!

«Xitoycha Apple» o‘zining yangi flagmani – Xiaomi Mi Mix 3 modelini shu yilning sentyabrida namoyish etishi haqida gap-so‘zlar yurardi. Shu paytgacha mazkur qurilmaning bir nechta «jonli» surat va videolari ham tarqalgan.Endi esa Xiaomi Mi Mix 3 slagmanining aniq taqdimot sanasi ham ko‘rsatilgan ilk ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu – insayderlar ma’lumotlariga asoslanib norasmiy manbalar tarqatgan reklama tasviridir.Garchi yozuvlari xitoycha bo‘lsa-da, o‘zingiz ham «9.15» raqamlaridan payqaganingizdek, bu yerda 15 sentyabrga ishora qilinmoqda. Reklamada faqat ekranining pastki bir qismi ko‘rsatilgan qurilmaning mutlaqo romsizligidan esa uning Mi Mix 3 ekanini anglash qiyin emas.

Mazkur flagmanning old yuzasini displey butkul qoplaganligi bois, uning selfi-kamerasi, xuddi Vivo Nex modelidagi singari, korpusning yuqori qirrasi ichidan chiqadigan bo‘ladi. Yaqindagina dasturchilar MIUI 10 grafik qobig‘i kodlari orasidan Mi Mix 3 chizmalarini topishgan va unda ham buning isboti aks etgan edi.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!