Xalqaro obligasiya sotilishidan tushgan mablag‘lar nimaga sarflanadi?
2019 yil fevralda jahon moliya bozorlarida O‘zbekistonning 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligasiyalari joylashtirilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligasiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-4258, 02.04.2019 y.) bilan mablag‘lar mamlakat va xalqimiz farovonligini yanada oshirish, strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tegishli foizlar bilan qaytarish shartlarida quyidagilarga yo‘naltiriladi:
? 889,2 mln. AQSh dollari auksion orqali tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi;
? 20 mln. AQSh dollari Agrobank ATBga qarz sifatida beriladi;
? 89,9 mln. AQSh dollari Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasiga ssuda sifatida beriladi.