Xalqaro media hollda “Saylov – 2021” tanlovining g‘oliblari taqdirlandi

Xalqaro media hollda “Saylov – 2021” tanlovining g‘oliblari taqdirlandi

Xabaringiz bor, joriy yilning 21 sentyabr sanasida Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, MSK Matbuot markazi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Xalqaro press-klub hamda “UzReport” TV telekanali hamkorligida “Saylov – 2021” videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.

Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlagan asosiy maqsad – saylovchilar, ayniqsa, ovoz berishda ilk bor ishtirok etayotgan yoshlarni milliy saylov qonunchiligi bilan yaqinroq tanishtirish, saylovga oid zarur ma’lumotlarni yoshlarning o‘zlari orqali ommalashtirish, bu bilan “tengdosh-tengdoshga” tamoyilini keng qo‘llagan holda saylov haqidagi tushunchalarni aynan yoshlarning o‘zi orqali jamiyatga yetkazishdan iborat.

Tanlov quyidagi nominasiyalar bo‘yicha o‘tkazildi:

  • eng yaxshi informasion rolik;
  • eng yaxshi sahnalashtirilgan rolik;
  • eng yaxshi animasion rolik;
  • muxlislar e’tirofi.

Tanlovda qatnashishni istagan vatandoshlarimizga quyidagi shartlar qo‘yildi: Jumladan:

1. Videoroliklarni Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi o‘z sahifalari orqali #Saylov2021_tanlov, #Elections2021_tanlov xeshteglari ostida e’lon qilish;

2. Videoroliklarni Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazining http://t.me/MSKtanlovbot Telegram-botiga yuborish.

Shuningdek, disk va boshqa axborot tashuvchi moslamalarga yozilgan videoroliklar – Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazi tomonidan qabul qilib olindi.

Tanov g‘oliblari mahsus diplom va hamda turli miqdordagi pul mablag‘lari bilan taqdirlandi. Jumladan, har bir nominasiya bo‘yicha g‘olib hamda sovrindorlarga har bir nominasiya bo‘ycha quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshirildi:

1-o‘rin uchun – 20 mln so‘m;

2-o‘rin uchun – 15 mln so‘m;

3-o‘rin uchun – 10 mln so‘m

Tanlov g‘oliblarini aniqlash uch bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda 53 ta ish saralab olindi. Ikkinchi bosqichda esa, tanlov tashkilotchilari tomonidan saylangan hakamlar hay’ati 4 ta nominasiya bo‘yicha 15 ta ishni final bosqichiga munosib, deb topdi.

Asosiy nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar:

Eng yaxshi informasion rolik

1 – o‘rin Elyor To‘laganov

2 – o‘rin Ilhomjon Haydarov

3 – o‘rin Ziyovuddin Azizullayev

Eng yaxshi sahnalashtirilgan rolik

1 – o‘rin Mahliyo Asqaraliyeva

2 – o‘rin Orifjon Sobirov

3 – o‘rin Dilshod Ibragimov

Eng yaxshi animasion rolik

1 – o‘rin Zafarbek Eminov

2 – o‘rin Kozim Islomov

3 – o‘rin Nargiza Yunusova

Muxlislar e’tirofi

1 – o‘rin Ma’murjon Ergashev

2 – o‘rin Dilshoda Shermuhammayedova

3 – o‘rin Ravshan Nurnazarov

Barcha g‘oliblarini aniqlash va ularni taqdirlash marosimi 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan tashkil qilingan Xalqaro media-xollda bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi, Diplomatik korpus vakillari, xalqaro kuzatuvchilar hamda xorijiy va mahalliy jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi. Taqdirlash marosimidan so‘ng qatnashchilar uchun konsert dasturi namoyish qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!