Donor qoni plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi

Donor qoni plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi

“Donor qonidan dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Prezidentning “2022–2026 yillarda respublikaning farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni bilan donor qonini to‘plash va uning asosida farmasevtika mahsulotlarini xususiy tartibda ishlab chiqarishga taqiq bekor qilingan.

Qayd etilishicha, hukumat qarori bilan Donor qonidan dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Belgilanishicha, donor qonidan qon plazmasini dori moddasi (substansiya) sifatida ajratib olish, to‘plash, uning asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishga quyidagi talablarni bajargan yuridik shaxslar uchun ruxsat beriladi:

  • tibbiy hamda farmasevtika faoliyati uchun tegishli lisenziyalarga ega bo‘lish;
  • “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”ning milliy talablariga muvofiqlik to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lish;
  • donor qonidan qon plazmasini dori moddasi (substansiya) sifatida plazmafarez usulida O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tibbiy texnika vositasida ajratib olish.

Shuningdek, qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarishda sifatni ta’minlashga doir talablar alohida tarzda belgilangan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 23 apreldan kuchga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!