Buyuk Britaniyaning nufuzli standartlashtirish kompaniyasi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etadi

Buyuk Britaniyaning nufuzli standartlashtirish kompaniyasi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etadi

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov va Buyuk Britaniyaning "Intertek" kompaniyasi mintaqaviy direktori Irina Bayerenvald o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Muloqot davomida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport hajmini oshirish maqsadida "Intertek" kompaniyasi ko‘magida ularni xalqaro standartlar asosida sertifikatlash amaliyotlarini joriy etish, sinov laboratoriyalarini birgalikda ta’sis etish, tovarlarni yorliqlash va o‘rash bo‘yicha hamkorlik qilish taklifi bildirildi.

Irina Bayerenvald "Intertek" kompaniyasi O‘zbekiston tomoni bilan respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirish yo‘nalishida hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va "Intertek" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash imkoniyatlari xususida fikr almashildi.

Bundan tashqari, "Intertek" kompaniyasining O‘zbekistonda doimiy vakolatxonasi va sinov laboratoriyalarini ochishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida "Intertek" kompaniyasi vakillarining shu yil 2-3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtiroki doirasida respublikaning hamkor tashkilotlari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!