Xalqaro aeroportdan qimmatbaho soatni noqonuniy olib o‘tishga urinish fosh etildi

Xalqaro aeroportdan qimmatbaho soatni noqonuniy olib o‘tishga urinish fosh etildi

“Toshkent- AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi R.D.ning qo‘l va yo‘l sumkalari belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi.

Unda bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, muqobil manbalarga ko‘ra taxminiy narxi 104 mln 280 ming so‘m bo‘lgan 1 dona “ROLEX OYSTER PERPETUAL DATEJUST” nomli qo‘l soati borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar zargarlik buyumlarini shaxsiy ehtiyoji uchun 65 grammgacha bo‘lgan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojsiz olib kirishlari mumkin.

Mazkur tartibni buzgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22719 va 22722-moddalari va ushbu tovarlar qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan ortganda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!