Yaponiya kompaniyasi Livandagi rasiyalarning portlashi haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda

Yaponiya kompaniyasi Livandagi rasiyalarning portlashi haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda

Yaponiyaning Icom korporasiyasi o‘zi ishlab chiqaradigan rasiyalar Livanda kiberhujum sodir bo‘lganidan keyin portlagani haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda.

Bu haqda kompaniya o‘z saytida ma’lum qilgan.

"Livanda kompaniyamiz logotipi tushirilgan rasiyalar portlab ketgani haqida xabarlar kelib tushdi. Hozirda hodisaning sabablarini o‘rganmoqdamiz", - deyiladi xabarda.

Icom audit natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot berishga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!