Andijon viloyatida tadbirkorning 20 mln so‘mini qo‘lga kiritgan ETK muhandislari ushlandi

Andijon viloyatida tadbirkorning 20 mln so‘mini qo‘lga kiritgan ETK muhandislari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi SH.V. “X.T.” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish oshxonasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishi evaziga korxona rahbari X.T.ning 20 mln so‘mini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ filiali ma’muriy binosi oldida davom etgan tadbirda, Xo‘jaobod ETKning yana bir muhandisi A.A. muhandis SH.V.dan 20 mln so‘mni olib, shundan 5 mln so‘mini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!