Niger qurolli kuchlari mamlakat janubi-g‘arbida yuzdan ortiq terrorchini yo‘q qildi

Niger qurolli kuchlari mamlakat janubi-g‘arbida yuzdan ortiq terrorchini yo‘q qildi

Niger qurolli kuchlari mamlakat janubi-g‘arbidagi Tillaberi hududida uyushtirgan operasiyada 100 dan ortiq terroristni yo‘q qildi.

Bu haqda RTN telekanali xabar berdi.

"Quruqlik va havo kuchlari harakatlarini muvofiqlashtirish tufayli 100 dan ortiq terrorchi zararsizlantirildi, dushmanning muhim moddiy resurslari ham yo‘q qilindi", — deyiladi xabarda.

RTN ma’lumotlariga ko‘ra, Niger qurolli kuchlari besh askarini yo‘qotgan va 27 nafari yaralangan. Mamlakat rasmiylari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!