Soliq qo‘mitasi “Kapitalbank” va “Tengebank”ni ogohlantirdi

Soliq qo‘mitasi “Kapitalbank” va “Tengebank”ni ogohlantirdi

Joriy yilning sentyabr oyida ayrim tijorat banklari yangi axborot tizimidan foydalanishga o‘tgan va bu haqda Soliq qo‘mitasini xabardor qilmagan.

Bank dasturchilari yangi tizimga o‘zgartirishlar kiritayotgani sababli, ba’zi to‘lov topshiriqnomalari bajarilmagan.

Masalan, shu oy boshidan “Tengebank” 2 439 ta topshiriqnomadan 413 tasini va “Kapitalbank” 4 287 ta topshiriqnomadan 740 tasini bajarmasdan qaytargan.

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan har ikkala bank kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va buning uchun Soliq kodeksida belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!