Kurskning Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan bosib olingan qismi Rossiya tomonidan o‘qqa tutilgani oqibatida 23 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Kurskning Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan bosib olingan qismi Rossiya tomonidan o‘qqa tutilgani oqibatida 23 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Kurskning Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan bosib olingan qismi Rossiya tomonidan o‘qqa tutilgani oqibatida 23 nafar tinch aholi halok bo‘ldi.

Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari komendaturasining Kursk viloyatidagi vakili Aleksey Dmitrashkovskiy AFP'ga bergan intervyuda ma’lum qildi.

"Kursk viloyatidagi bosib olingan hududlarda bir necha ming nafar ruslar qolgan. Tinch aholi Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi hududda harakatlana olishi mumkin, biroq ularning chiqib ketishiga ruxsat berilmaydi, chunki vaziyat nazorat ostida bo‘lishi kerak", — dedi Dmitrashkovskiy.

Dmitrashkovskiy Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatidagi qarshi hujumini to‘xtata olganini aytdi. Biroq, AFP nashriga izoh bergan yana bir ukrainalik manbaning aniqlik kiritishicha, Rossiya armiyasi operasiyasining to‘liq muvaffaqiyatsizligi haqida gapirishga hali erta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!