“Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘idagi noqonuniy yo‘l: prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

“Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘idagi noqonuniy yo‘l: prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘ida noma’lum shaxslar tomonidan ochilgan noqoqonuniy yo‘l bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 204-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ish tergovi ustidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

Qayd etilishicha, “Omonqo‘ton”da noqonuniy yo‘l ochilib, 869 metr kub maydondagi tuproqlar surilib, 1 427 metr kub maydon tuproq bilan ko‘milgan.

Oqibatida, jami 2 693,9 metr kub muhofaza etiladigan hududda o‘suvchi O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan 7 turdagi 1 112 tup, noyob va yo‘qolib borayotgan 5 turdagi 1 479 tup o‘simlik nobud qilingan.

8 turdagi 64 tup daraxt va butalar kesilgan, nobud qilingan va shikastlantirilgan. Shu tariqa tabiatga 1 mlrd 115 mln 907 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 204-moddasi (Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish) 2-qismida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini berish nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!