O‘zbekiston elchisi Fransiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston elchisi Fransiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Nodir Ganiyev kecha Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatda Fransiya Prezidenti Toshkent va Parij o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbolini yuksak baholadi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 2023 yil noyabr oyida Samarqandga buyurgan rasmiy tashrifini iliq taassurotlar bilan eslab, oliy darajadagi siyosiy muloqotni davom ettirish va O‘zbekiston bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish tarafdori ekanligini ta’kidladi.

Fransiya yetakchisiga O‘zbekiston elchisi bilan bir qatorda yana 20 ta xorijiy mamlakatlarning elchilari o‘z ishonch yorliqlarini topshirdilar.

Fransiya Prezidenti elchilarni ushbu lavozimga kirishishlari bilan tabriklab, ularga ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.

Ma’lumot uchun, Nodir Ganiyev joriy yilning 13 iyul kuni Parij shahriga O‘zbekistonning yangi elchisi sifatida yetib kelgandi. U shu kunga qadar O‘zbekistonning Shvesiyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!