Shomurodov o‘ynayotgan "Roma"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Shomurodov o‘ynayotgan "Roma"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Ivan Yurich rasman "Roma"ni boshqarishga kirishdi. Mutaxassis tayinlangani haqida A Seriya klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. 49 yoshli xorvatiyalik murabbiy bir yil muddatga shartnoma imzoladi.

Agar Yurich kelasi mavsumda "Roma"ni Chempionlar ligasiga olib chiqa olsa, shartnoma avtomatik ravishda uzaytirilishi mumkinligi avvalroq xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Yurich mavsum boshida yomon natijalar qayd etgani uchun Daniele de Rossi o‘rniga kelgandi. Yurich murabbiylik faoliyatining avvalida "Torino", "Jenoa", “Verona”, “Krotone” va boshqa jamoalarda ham ishlagan.

Qariyb 15 yil davom etgan murabbiylik faoliyati davomida Yurich Italiyani hech qachon tark etmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!