Livandagi takroriy portlashlar qurbonlari soni 9 taga yetdi

Livandagi takroriy portlashlar qurbonlari soni 9 taga yetdi

Livanda portativ aloqa qurilmalari yana portladi, natijada 9 kishi halok bo‘ldi, 300 kishi yaralandi.

Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.

Shuningdek, Livan OAVlari bu safar peyjerlar emas, noutbuklar, mobil telefonlar va avtomobillar uchun musiqa asboblari portlagani haqida yozishgan. Portlashlar uylar va uyali telefon do‘konlarida ham sodir bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida Hizbulloh harakati yetakchilaridan birining o‘g‘li ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 17 sentyabr kuni Livanda peyjer portlashlari oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 4 ming kishi jarohatlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!