BMT Isroilni Falastin hududini tark etishga chaqirdi

BMT Isroilni Falastin hududini tark etishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi (UNGA) Isroilni bosib olingan Falastin hududlarini tark etishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi . Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi .

«Qabul qilingan tegishli hujjatga ko‘ra, BMT Bosh Assambleyasi Isroildan Falastinning bosib olingan hududidagi noqonuniy mavjudligiga zudlik bilan chek qo‘yishni talab qiladi. Tel-Aviv buni ushbu rezolyusiya qabul qilinganidan keyin 12 oydan kechiktirmay amalga oshirishi kerak. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shuningdek, Isroildan xalqaro huquq doirasidagi barcha qonuniy majburiyatlarini bajarishini talab qiladi», — deyiladi hujjatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!