Zalujniy Kursk viloyatiga hujumga qarshi bo‘lgan — Politico

Zalujniy Kursk viloyatiga hujumga qarshi bo‘lgan — Politico



"Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, general Valeriy Zalujniy Rossiya hududiga bostirib kirishga qarshi chiqqan, chunki Ukraina rahbariyati chegarani buzib o‘tganidan keyingi holat uchun “keyingi qadam uchun aniq reja”ga ega bo‘lmagan", deb yozadi Politico.

"Zalujniy bu masalada Zelenskiydan hech qachon aniq javob olmagan", — deya ma’lum qildi Politico manbasi. Zalujniyning o‘zi Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk yaqinidagi amaliyotiga izoh berish so‘roviga javob bermadi.

Jurnalistlarning yozishicha, Kursk viloyatidagi operasiyaga rozi bo‘lmagan ikkinchi shaxs Ukraina Qurolli kuchlarining 80-havo hujumi brigadasi qo‘mondoni Emil Ishkulov bo‘lgan. Keyinchalik Ukraina ommaviy axborot vositalari uning ishdan bo‘shatilishi yoki boshqa lavozimga o‘tkazilishi haqida yozishgan.

"Prezident Volodimir Zelenskiyning Yalta Yevropa strategiyasi (YES) konferensiyasidagi nutqida Donbassdagi vaziyat og‘irligicha qolsa ham, nisbatan normallashayotganini ta’kidladi", deyiladi Politico maqolasida.

Biroq nashr suhbatlashgan harbiy xizmatchilar Ukraina Qurolli kuchlarining Donesk viloyatidagi yo‘qotishlari ortib borayotgani, natijada mudofaa uchun ushbu hududga Kurskdan bir necha bo‘linmalarni olib o‘tishga majbur bo‘linganligi haqida aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!