Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga go‘shtdan zaharlanib murojaat qilayotgan bemorlar soni ortdimi? Rasmiy munosabat berildi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga go‘shtdan zaharlanib murojaat qilayotgan bemorlar soni ortdimi? Rasmiy munosabat berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga go‘shtdan zaharlanib murojaat qilayotgan bemorlar soni ortgani haqida turli xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanligini ma’lum qiladi.

Aniqlanishicha, so‘nggi kunlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bir sutka davomida o‘rtacha 750 nafarga yaqin fuqaro murojaat qilib, tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan 175 nafarga yaqin bemor olib kelingan.

Biroq ular orasida go‘shtdan zaharlanish belgilari bilan birorta holat qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!