Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini nima uchun chaqirtirgani ma’lum bo‘ldi

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini nima uchun chaqirtirgani ma’lum bo‘ldi

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Moskvaning Londonga qarshi "ommaviy bosqinchilik kampaniyasi" tufayli Rossiya elchisini chaqirtirganini ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya "bosqinchilik kampaniyasi" deganda yaqinda Moskvadan chiqarib yuborilgan olti nafar britaniyalik diplomat masalasini nazarda tutmoqda. Elchi Andrey Kelin Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga bu "Londonning harakatlariga tabiiy javob" ekanini aytdi.

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Rossiyani "xavfsizlik va demokratiyaga putur yetkazish, tahdid qilish hamda dezinformasiya va sabotaj orqali Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga urunish" kampaniyasini olib borayotganlikda aybladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!