Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston yigitlari kuchli uchlikda, qizlar ham jadvalda yuqoriladi

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston yigitlari kuchli uchlikda, qizlar ham jadvalda yuqoriladi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

18 sentyabr kuni musobaqaning 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tur doirasida O‘zbekiston yigitlar jamoasi Ukrainani 3:1 hisobida, qizlar jamoasi esa Gresiya termasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.

Erkaklar:

O‘zbekiston — Ukraina 3:1

  • Nodirbek Abdusattorov — Andrey Volokitin 1:0;
  • Nodirbek Yakubboyev — Vasil Ivanchuk 0,5 : 0,5;
  • Javohir Sindorov — Ruslan Ponomaryov 1:0;
  • Shamsiddin Vohidov — Anton Korobov 0,5 : 0,5.
  • Ayollar:

    O‘zbekiston - Gresiya 2,5 : 1,5

  • Afro‘za Hamdamova — Stavroula Colakidou 0:1;
  • Umida Omonova —Anastasiya Avramidou 1:0;
  • Marjona Malikova — Ekterini Pavlidou 0,5 : 0,5;
  • Nodira Nodirjonova — Markantonaki Xaritomeni 1:0.

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston yigitlari kuchli uchlikda, qizlar ham jadvalda yuqoriladi

7-turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi 3-o‘rinda bormoqda. Musobaqa reytingining dastlabki ikki o‘rnida Hindiston va Eron joylashgan.

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston yigitlari kuchli uchlikda, qizlar ham jadvalda yuqoriladi

Qizlar o‘rtasidagi jadvalda ham Hindiston jamoasi yetakchi bo‘lib turibdi. Polsha va Qozog‘iston kuchli uchlikni yakunlab bergan. O‘zbekiston qizlari 11-o‘rinda bormoqda.

Musobaqaning 8-tur uchrashuvlari bugun, 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston yigitlar jamoasi Serbiya bilan, qizlar esa AQSh jamoasi bilan to‘qnashadi. Ma’lumot uchun, AQSh tarkibida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Gulruhbegim Tohirjonova harakat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!