Livan Isrolining Shimoliy qismiga hujum qildi

Livan Isrolining Shimoliy qismiga hujum qildi

Isroilning bir qator shimoliy hududlari yana Livan janubidan o‘qqa tutildi.

Bu haqda armiya matbuot xizmati (SAXAL) ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 20 ga yaqin snaryadlar Yuqori Jalila tomon otilgan, ularning bir nechtasi tutib olingan. Snaryadlardan biri Tel Xay qishlog‘i yaqiniga tushgan. Snaryad tushgan joyda yong‘in boshlangan, uni o‘chirish uchun o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Bundan tashqari, kun davomida Livandan Isroil shimolidagi Xermon tog‘i tomon 10 ga yaqin snaryadlar otildi. Ular aholi yashamaydigan hududga qulagan, qurbonlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!