“WikiStipendiya” marafonida birinchi o‘rin uchun 150 million so‘m beriladi

“WikiStipendiya” marafonida birinchi o‘rin uchun 150 million so‘m beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi “2024-2025 yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida o‘zbek milliy kontentini yanada rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini, davlat tilining axborot va kommunikasiya texnologiyalari, xususan, internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish hamda iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirish maqsadida “WikiStipendiya” jamoaviy marafoni yo‘lga qo‘yildi.

Loyiha O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi va Respublika yosh ijodkorlar kengashi hamkorligida tashkil etildi.

Jamoaviy marafon 2024 yilning 1 mayidan 1 dekabriga qadar davom etadi. Unda marafon nizomida belgilangan tartibda shakllangan barcha jamoalar qatnashishi mumkin.

G‘olib guruhlarga pul mukofotlari beriladi. Jumladan, 1-o‘rin 150 million so‘m, 2-o‘rin 125 million so‘m, 3-o‘rin 100 million so‘m miqdorida bir martalik stipendiya bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!