Vladimir Putin Habib bilan uchrashdi. Prezident sportchining otasidan uni qattiq jazolamaslikni so‘radi (video)

Vladimir Putin Habib bilan uchrashdi. Prezident sportchining otasidan uni qattiq jazolamaslikni so‘radi (video)

Rossiya federasiya prezidenti Vladimir Putin UFC chempioni Habib Nurmagomedovni shaxsan o‘zi Konor Makgregor ustidan qozonilgan g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Putin sportchi va uning otasi bilan «Rossiya — sport mamlakati» forumidan so‘ng yuzma-yuz o‘tirib suhbat qilgan.

«Tabriklayman seni», — deya so‘z ochgan Putin. Shundan so‘ng prezident Habibning otasidan uni jangdan so‘ng uyushtirgan janjali uchun qattiq jazolamaslikni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, avvalro Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘lini UFC’nikidan ham og‘ir jazo kutayotganligini ma’lum qilgandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!