Video: Toshkentda rashkchi sevgilisi pichoqlagan yigit unga uylanishga ahd qildi

Video: Toshkentda rashkchi sevgilisi pichoqlagan yigit unga uylanishga ahd qildi

Toshkentda qiz sevgan yigitini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda "everyday.uz" yozmoqda.

Ikki sevishgan Umid va Maftuna bir-birini juda yaxshi ko‘rgan va ular o‘rtasidagi rashk ayanchli oqibatlarga olib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha Maftuna Umidning telefonini olib yigitning boshqa qizlar bilan suhbatlashgan smslarini ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng qiz yigitning telefonini olib qo‘ygan. Orada janjal kelib chiqqan.

Shunday kunlarning birida Umid qizning uyiga tunda spirtli ichimlik ta’sirida kirib kelgan va qizning otasini do‘pposlagan. Ushbu holatda Maftuna g‘azabdan yigitga pichoq bilan hujum qilib, unga bir necha marotaba urgan. Lekin bola omon qolgan. O‘sha kuni qizga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Voqea yuzasidan bo‘lib o‘tgan sudda esa Maftunaga jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi va bir nechta yengillashtiruvchi holatlarga ko‘ra 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Umid suddan so‘ng Maftunaga uylanmoqchi ekanini ham aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!