Vengriyada daryo sathi pasayib, uning tubidan xazina topildi

Vengriyada daryo sathi pasayib, uning tubidan xazina topildi

Vengriyaning Erd shahridagi Dunay daryosining suvi kamayishi tufayli uning tubidan xazina topildi, deya xabar beradi «Euronews».

Arxeologlarning ma’lum qilishicha, daryo tubidan tilla va kumush tangalar, qilichlar kabi buyumlar topilgan. Ularning XVIII asrga oid ekani aytilmoqda.

Evropaning bir necha hududlarida bo‘lgani kabi Vengriyada ham daryo suvlari sathi pasayib boryapti. Tuna daryosining suvi 38 santimert pasaygan.

Arxeolog Balas Nagi 1630 va 1743 yillarga oid bo‘lgan oltin va kumush tangalarning Gollandiya, Fransiya, Syurix va Vatikanda zarb qilingan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Manba: hozir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!