Vazir qo‘lida kishanlar bilan televideniye orqali korrupsiyadagi aybini tan oldi (video)

Vazir qo‘lida kishanlar bilan televideniye orqali korrupsiyadagi aybini tan oldi (video)

Turkmaniston davlat telekanali “Oltin asr” mamlakatning sobiq savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Armandurdi Ishanov va boshqa turkman amaldorlarining korrupsiyadagi aybiga iqror bo‘lishlarini namoyish qildi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.

Sobiq vazirning qo‘lida kishanlar bo‘lgan. U “tovar birjasi rahbari bo‘la turib, xorijiy kompaniyalarga pasaytirilgan narxlarda neft mahsulotlari sotib olishga ijozat berib, ular manfaati uchun harakat qilgani va mamlakatga daromad kelishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmaganini” aytgan.

“Men vazirlikni boshqarishim vaqtida qarindoshlarim va yaqin tanishlarimni rahbarlik lavozimlariga tayinlab, ularni qo‘llab-quvvatlab kelganman. Men jinoyat sodir etib, o‘z oilam sha’niga dog‘ tushirdim”, deb aytgan sobiq vazir.

Efirda qo‘llariga kishan solingan boshqa odamlarning ham shunday iqrorlari ko‘rsatilgan. Ishanov qamoq jazosiga tortilgan, biroq qanday muddatgaligi noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!