Vanihoyat! Turkmaniston SSV tibbiy niqob taqib yurishga chaqirmoqda​​​​​​​

Vanihoyat! Turkmaniston SSV tibbiy niqob taqib yurishga chaqirmoqda​​​​​​​

Turkmanistonda 13 iyuldan boshlab jamoat joylarida niqob taqish majburiydir, deya xabar beradi «Turkmenistan segodnya».

«Shu kunlarda atmosfera havosida chang zarralari miqdori normadan 21 foizga oshishi munosabati bilan har kim ochiq havoda va jamoat joylarida iqlim sharoiti organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatmasligi uchun himoya niqoblaridan foydalanish tavsiya etiladi. Sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling - niqob taqing!» - deyiladi Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi xabarida.

Vazirlik fuqarolardan bir-biridan kamida bir metr masofani saqlash va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni talab qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!