Vakillarimiz 43-Jahon tibbiyot va salomatlik o‘yinlari bellashuvlarida g‘oliblik shoxsupasiga chiqishdi

Vakillarimiz 43-Jahon tibbiyot va salomatlik o‘yinlari bellashuvlarida g‘oliblik shoxsupasiga chiqishdi

Joriy yilning 16-23 iyun kunlari Fransiyaning San Trope shahrida tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasi vakillari o‘rtasida 43-Jahon tibbiyot va salomatlik o‘yinlari (Medigames 2024) bo‘lib o‘tdi. Unda sportning futbol turi bo‘yicha yurtimizning UMFF (Uzbekistan Medical Football Family) jamoasi ham ishtirok etdi.

Ta’kidlash joiz, tarkibi shifokor va farmasevtlardan iborat bo‘lgan terma jamoamiz mazkur nufuzli musoqabada 2017 yildan beri qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Dunyoning kuchli 12 ta jamoasi, jumladan Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Polsha, Norvegiya, Meksika, Ukraina, Kozog‘iston, Monako, Ispaniya futbol jamoalari ishtirok etgan bu galgi turnirda vakillarimiz musoqabaning Best Fair Play team (eng yaxshi halol o‘yin jamoasi) kubogini qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassisi Raximjon Bakirov uchrashuvlar davomida raqiblar darvozasiga eng ko‘p gol urgan sportchi sifatida musobaqa to‘purari medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, markazning yana bir mutaxassisi Uasiyatdin Ulpetov Yengil atletika sport turida balandlikka sakrash bo‘yicha 1-o‘rinni, 200 metrga yugurish bo‘yicha 2-o‘rinni egallab 43-Jahon tibbiyot va salomatlik o‘yinlarining oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!