«O‘zstandart»: o‘zbek mahsulotlari sifati yuzasidan chet ellardan ham shikoyatlar

«O‘zstandart»: o‘zbek mahsulotlari sifati yuzasidan chet ellardan ham shikoyatlar

«O‘zstandart» agentligi ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati yuzasidan shikoyatlar hatto chet ellardan ham kelib tushadi, deb yozadi «Podrobno.uz».

Xususan, Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi tomonidan O‘zbekistondan eksport qilingan anor sharbatidan azorubin bo‘yog‘i topilgani haqida nota yuborilgan. Shu munosabat bilan qaytarib yuborish holatlari oldini olish va mahalliy mahsulotga ishonchni oshirish ishlari doirasida idoralararo ishchi komissiya tuzildi, uning tarkibiga Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zboshdavkarantin, Tashqi savdo vazirligi, International Beverages Tashkent QK MCHJ vakilalri kirdi.

Komissiya faoliyati chog‘ida oziq-ovqatlarga qo‘shilishi taqiqlangan sintetik bo‘yoqlar ro‘yxati tuzildi.

Shuningdek, agentlik mutaxassislari Latviyadagi ilmiy institutda ozuqaviy qo‘shimchalar va bo‘yoqlarni aniqlash metodikasi bo‘yicha malaka oshirib qaytdi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!