O‘zbekistonlik turistlar Meksikaga kiritilmadi. Nega?

O‘zbekistonlik turistlar Meksikaga kiritilmadi. Nega?

Meksikaga borgan o‘zbekistonlik turistlarni bojxona nazorat postidan o‘tkazishmadi. Bu haqda Rossiyaning Mexikodagi elchixonasiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Rossiya pasportiga ega to‘rt nafar o‘zbekistonlik Meksikaning Kankun shahriga uchib kelgani, biroq ular aeroportdan mamlakat ichkarisiga qo‘yilmagani ma’lum. Diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan uchib borgan turistlardagi Rossiya pasporti soxta bo‘lishi mumkin.

«Ular Nordwind kompaniyasiga tegishli reysda uchib keldi. Mahalliy migrasiya xizmati tashrif maqsadi turistlar aytganiga mos kelmasligini aniqladi», — deyiladi elchixona xabarida.

Ayni vaqtda nima sababdan Rossiya pasportiga ega fuqarolar mamlakatga qo‘yilmaganini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mazkur hodisa so‘nggi kunlarda Meksika hududiga Kankun aeroporti orqali qo‘yilmagan rossiyalik turistlarning ikkinchi guruhi hisoblanadi.

Diplomatlarning ta’kidlashicha, rossiyaliklarning xatti-harakatlari turistlarnikiga mos bo‘lmagan: ular mehmonxona bron qilmagan, qaytish chiptalarini ko‘rsata olmagan va mamlakatga nima sababdan kelganliklarini isbotlay olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!