O‘zbekistonlik ilk jangchi Mahmud Murodov ota bo‘ldi

O‘zbekistonlik ilk jangchi Mahmud Murodov ota bo‘ldi

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi, deb yozadi Daryo.

«Bugun men yanada baxtliroq bo‘ldim, suyukli qizim Rumiya hayotimizga kirib keldi. Farzand — bu Olloh Taoloning bandasiga bergan mukofot. Alhamdulillah, endi men chiroyli qizning otasiman. Biz chaqalog‘imizga sevimli onamning — Rumiya ismini berishga qaror qildik. Alloh senga baxtli va uzoq umr bersin. Bu dunyoga xush kelibsan, qizalog‘im», — deya yozadi Murodov.

Murodov 2018 yilning dekabr oyidan buyon chexiyalik qo‘shiqchi Monika Bagarova bilan birga. 2019 yil oxirida juftlik farzand kutayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Murodov UFC’da harakat qiladigan birinchi va yagona o‘zbekistonlik jangchi hisoblanadi. U shu vaqtda qadar eng nufuzli promoushenda ikkita jang o‘tkazdi. Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4, 9 KO) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10, 10 KO) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!