O‘zbekistonda hojatxonalarni qidirish uchun dastur ishga tushiriladi

O‘zbekistonda hojatxonalarni qidirish uchun dastur ishga tushiriladi

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yaqin orada UzFinder mobil dasturini ishga tushiradi, u turistlarga eng yaqindagi sanitariya-gigiyena tuguni joylashgan joyni topishda yordam beradi, deb yozadi «Podrobno.uz».

Dastur yangi sayyohlik infratuzilmasi ob’ektlari yaratilishini hisobga olib, doimiy ravishda yangilab turiladi.

2018 yilning fevralida o‘zbekistonlik tadbirkorlarga butun mamlakat bo‘ylab hojatxonalar qurish uchun imtiyozlar taqdim etildi. Masalan, ular hojatxona qursa, yiliga 100 million so‘m, ularni saqlab, nazorat qilib tursa, yiliga 12 million so‘mgacha soliq imtiyoziga ega bo‘lishi mumkin.

Natijada imtiyozlar joriy qilinganidan buyon davlat-xususiy sheriklik asosida zarur standartlarga javob beruvchi 147 ta hojatxona qurildi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!