O‘zbekistonda erkaklar ko‘pmi yoki ayollar? Statistika e’lon qilindi

O‘zbekistonda erkaklar ko‘pmi yoki ayollar? Statistika e’lon qilindi

O‘zbekistonda erkaklar ko‘pmi yoki ayollar? Statistika qo‘mitasi bu bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.

Shundan:

  • ayollar soni — 18 354 591 kishi;
  • erkaklar soni — 18 608 671 kishi.

2024 yilning 1 aprel holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 254 080 nafarga ko‘p.

Respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan. Mamlakat aholisi 2024 yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2024 yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan. 2024 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2022 yil dekabrda 36 milliondan oshgan edi. 2024 yilning fevraliga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan bo‘lib, ularning 56,3 foizi mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar hisoblanadi. 1 yanvar holatiga ko‘ra doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 250 266 nafarga ko‘p.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Markaziy Osiyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 71,8 yoshni tashkil etgan, bu Osiyo bo‘yicha 2,4 yilga (74,2 yosh) hamda jahondagi o‘rtacha umr davomiyligidan 7,9 yilga (79,7 yosh) kam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!