O‘zbekistonda deputatlar, hokimlar, vazirlar va bosh vazir o‘rinbosarlari qancha maosh oladi? (ro‘yxat)

O‘zbekistonda deputatlar, hokimlar, vazirlar va bosh vazir o‘rinbosarlari qancha maosh oladi? (ro‘yxat)

O‘zbekiston Moliya vazirligi Gazeta.uz so‘rovi bo‘yicha davlat xizmatchilari oylik maoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Qonunchilikka muvofiq, byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilot va muassasalarda xodimlarning mansab maoshlarini belgilashda majburiy tartibda Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq tarif koeffisiyentlar qo‘llanilishi lozim.

Rahbar lavozimlar uchun YATS bo‘yicha quyidagi razryadlar belgilanadi:

Qo‘shimcha ravishda quyidagi ustamalar belgilanadi:

Alohida mehnat sharoitlari uchun mansab maoshining 20 foizi miqdorida (Oliy Majlis deputatlari va Senat senatorlari, viloyatlar (tuman, shahar) hokimlari uchun);

Mehnatni rag‘batlashtirish koeffisiyenti mansab maoshining 40 foizi miqdorida;

Belgilangan xizmat muddatini o‘tagani uchun mansab maoshining 20 30 foizi miqdorida.

Ko‘p yillik xizmat qilgani uchun mansab maoshining 20 30 foizi miqdorida;

Moddiy rag‘batlantirish mansab maoshining 15 25 foizi miqdorida.

Alohida holatlarda mukofot puli (mansab maoshining ikki barobari miqdorida) va moddiy yordam (mansab maoshining bir barobari miqdorida) ajratish ko‘zda tutilgan. Mukofot puli ajratish yoki intizomiy choralarni qo‘llash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim.

Yuqorida sanab o‘tilgan rahbar lavozimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha barcha xarajatlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Byudjetdan tashqari mablag‘lar

Davlat xizmatchilari maoshi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ortishi mumkin. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlari davlat bojlari, yig‘imlar va soliqqa tortilmaydigan to‘lovlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalardan ajratmalar hisobidan shakllantiriladi (Byudjet kodeksi 62-modda).

Byudjetdan tashqari ushbu mablag‘lar mahkamalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!