O‘zbekiston Xitoydan o‘zib ketdi

O‘zbekiston Xitoydan o‘zib ketdi

2018 yil yakuniga ko‘ra, Rossiyaning Tomsk viloyatidan eksport qilingan yog‘och hajmi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘ringa chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Tomsk.

Tomsk viloyatidan eksport qilingan jami yog‘och va yog‘och materiallarning 43 foiz O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi, 35 foizesa Xitoyga eksport qilingan , - deyilgan xabarda.

Oldin Tomsk viloyati yetishtirilgan yog‘och materiallarining 90 foizini Xitoyga eksport qilar edi, lekin so‘nggi 3 yil davomida O‘zbekiston sotib olish hajmini keskin oshirdi , - deydi Rosselxoznadzor hududiy vakili Vladislav Azarenko.

Shuningdek viloyatdan Qirg‘iziston va Qozog‘istonga ham katta hajmda yog‘och eksport qilingani qayd etildi. Rosselxoznadzor vakilining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda viloyatdan dumaloq yog‘och olib chiqish hajmi kamayib, tayyor kesilgan yog‘och materiallar olib chiqish hajmi oshmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!