O‘zbekiston va Xitoy oqava suvlarni tozalash uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi

O‘zbekiston va Xitoy oqava suvlarni tozalash uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi

O‘zbekiston va Xitoy oqava suvlarni tozalash uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi.

Shu va boshqa masalalar Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va Xitoyning O‘zbekistondagi tadbirkorlari uyushmasi raisi Lyu Yu uchrashuvida muhokama qilindi.

Vazir qattiq maishiy, elektron chiqindilarni boshqarish, poligon gazidan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Xitoylik tadbirkorlar esa shovqinni kamaytirishni talab qiluvchi inshootlarni ta’mirlash, temir yo‘l transporti, energetika, sanoat, neft-gaz kabi sohalarida hamkorlik qilish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!