O‘zbekiston—Turkmaniston. Katta ustunlikka egamiz

O‘zbekiston—Turkmaniston. Katta ustunlikka egamiz

Bugun, 13 yanvar kuni BAAda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi musobaqasi 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi.

O‘FA matbuot xizmati o‘yindan oldin terma jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasini taqdim etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi bugunga qadar Turkmanistonga qarshi 9 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shulardan 7 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 1 ta o‘yinda durang qayd etilgan va 1 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

Turkmaniston ayni paytda FIFA reytingida 127-o‘rinda bormoqda. OFK reytingida esa 25-pog‘onani egallab turibdi. Turkmaniston Osiyo Kubogi 2019 dan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda Yaponiyaga qarshi bahs olib borib, 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

  • O‘zbekiston Turkmaniston 2:1 (28.06.1992)
  • Turkmaniston O‘zbekiston 1:0 (25.10.1992​)​
  • O‘zbekiston Turkmaniston 4:0 (11.04.1994​)​
  • O‘zbekiston Turkmaniston 3:0 (11.10.1994​)​
  • O‘zbekiston Turkmaniston 1:1 (11.12.1998​)​
  • O‘zbekiston Turkmaniston 3:0 (08.10.2000​)​
  • O‘zbekiston Turkmaniston 1:0 (25.04.2001​)​
  • O‘zbekiston Turkmaniston 5:2 (03.05.2001​)​
  • O‘zbekiston Turkmaniston 1:0 (26.07.2004​)​

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!