O‘zbekiston TIV vakili “Tolibon” hokimiyatini tan olish masalasidagi savolga javob berdi

O‘zbekiston TIV vakili “Tolibon” hokimiyatini tan olish masalasidagi savolga javob berdi

Bugun, 23 oktyabr kuni Xalqaro media-xollda O‘zbekistonning tashqi siyosatiga bag‘ishlangan ekspertlik platformasi doirasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov hamda Markaziy Osiyo Xalqaro instituti direktori o‘rinbosari Baxtiyor Mustafoyev ishtirok etgan.

Mazkur tadbir doirasida o‘tkazilgan “Markaziy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish, O‘zbekistonning pragmatik tashqi siyosati” ekspertlar sessiyasida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Afg‘onistonning amaldagi hokimiyatini tan olish masalasiga oydinlik kiritdi.

– Hozircha Afg‘onistonning muvaqqat hukumatini tan olish masalasi ko‘rilmayapti. Biz faqat Afg‘onistonga gumanitar yordam berish, bo‘lishi mumkin bo‘lgan gumanitar inqirozning oldini olish va o‘zaro hamkorlikni tiklash bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz, – dedi Siddiqov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!