«O‘zbekiston temir yo‘llari» bayram kunlari uchun 50%gacha chegirmalar e’lon qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» bayram kunlari uchun 50%gacha chegirmalar e’lon qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan 2018 yil 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvargacha mahalliy va tezyurar Afrosiyob poyezdlari chiptalariga chegirmalar joriy qilindi.

Bayram chegirmalari:

- Pensionerlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgani uchun (ma’lumotnoma, guvohnoma taqdim etilgan holda)– 50%;

-Oliy o‘quv yurti talabalariga (guvohnoma taqdim etilgan holda) – 50%;

- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshga to‘lmagan farzand ota yoki onasi bilan birga bo‘lganda) nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda– 30%;

- Jamoa bo‘lib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari (4 kishi va undan ortiq buyurtma)ga, maktab, kolledj, va lisey o‘quvchilariga – 20%.

Bayram oldi va bayram kunlari imkoniyati cheklangan shaxslar va jamoa bo‘lib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari uchun alohida chiptaxona faoliyat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari ushbu sanalarda mahalliy va tezyurar Afrosiyob poyezdlarining qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:

Poyezd №

Yo‘nalish

Jo‘nash sanasi

8

Toshkent-Qarshi

31.12.2018

7

Qarshi-Toshkent

31.12.2018

10

Toshkent-Buxoro “Sharq”

01.01.2019

9

Buxoro-Toshkent “Sharq”

01.01.2019

60

Toshkent-Andijon

31.12.2018

59

Andijon-Toshkent

31.12.2018

580

Toshkent-Termiz

28.12.2018

579

Termiz-Toshkent

29.12.2018

556

Toshkent-Urgench

28.12.2018

30.12.2018

01.01.2018

555

Urgench-Toshkent

29.12.2018

31.12.2018

02.01.2018

764

Toshkent-Samarqand

28.12.2018 dan

03.01.2018gacha

763

Samarqand-Toshkent

28.12.2018 dan

03.01.2018gacha


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!