O‘zbekiston Qatarni ham yengdi

O‘zbekiston Qatarni ham yengdi

Hozirgina Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. “Milliy” stadionda kechgan o‘yinda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishdi.

Ektor Kuper bu safar ham katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Darvozabondan tortib hujum chizig‘igacha yangiladi. Hatto terma jamoa safida debyut o‘yinini o‘tkazganlar ham bo‘ldi. Shu boisdan o‘yin davomida futbolchilarimizda xatolar, shoshma-shosharliklar kuzatildi, ammo umumiy olganda yomon emas.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Vakillarimiz ikkita qulay vaziyatdan foydalana olishmadi. Ikkinchi bo‘limda esa dastlab Odil Ahmedov boshi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, keyin zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shunday qilib, Ektor Kuper ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

O‘rtoqlik o‘yini
16 oktyabr, soat 19:00. "Milliy" stadion
O‘ZBEKISTON - QATAR 2:0 (0:0)
Gollar: Odil Ahmedov (73), Marat Bikmayev (86)
Ogohlantirishlar: Ikrom Aliboyev (78) — Ali Zaynobiddin (22), Abdulaziz Hatim Muhammad (57)
O‘zbekiston: 30.O‘tkir Yusupov, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Husniddin G‘ofurov (Dostonbek Hamdamov 46), 8.Ikrom Aliboyev (Vladimir Kozak 83), 9.Odil Ahmedov (Islom To‘xtaxo‘jayev 90+2), 13.Oleg Zoteev, 14.Eldor Shomurodov (Marat Bikmayev 77), 15.Odil Hamrobekov, 22.Javohir Sidiqov, 31.Egor Krimes (Dostonbek Tursunov 62).
Qatar: 21.Yusuf Hassan, 6.Abdulaziz Hatim Muhammad, 10.Hassan al-Haydos, 12.Karim Budiaf, 13.Sulton Hussayn, 15.Bassam Husam ar-Roviy, 17.Muhammad Musa, 18. Abdulkarim Salim (Ahmad Abdulmutal 75), 19.Ali Zaynobiddin, 26.Toriq Salmon, 28.Assim Umar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!